Sparta shahar-davlati

Bilet ¹18, savol ¹1

Javob

Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunonis ton (Lakonika) hududiga d oriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular Sparta shahar-davlatiga asos soldilar.
Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi - ilotlar ham aslida yunonlar bo‘lib,ular bilan bir tilda so‘zlashgan. Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o‘z hukmronligini faqat kuchbilan saqlab qolish mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o‘z davlatlarida alohida shart-sharoitlar yaratdilar, jumladan, hamma qat’iy intizomga amal qilar, yengilganlar shafqatsiz jazolanardi. Sparta urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir shaharga o‘xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. Hamma uylar bir-biriga o‘xshatib qurilgan.
Ilotlar kichik-kichik qishloqlarda yashaganlar. Ular butun boshli davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa majburiyatlarni bajarishgan. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmaganlar.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹18

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar