Bilet ¹19, savol ¹2
Doro I hukmronligining uchinchi yili da saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida ham Behistun bitiklarida shunday deyilgan: «Shoh Doro ayturki: keyin qo'shin bilan saklar mam lakatiga yurish qildim. Keyin uchi o‘tkir kuloh ki yib yu ruv chi saklar jangga kirdilar. Men daryo dan o ‘tgach, saklarni tamoman tor-mor keltir dim, qolgan qismini asirga ol dim... U larning Skunxa degan sardorini qo‘lga tu shirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men u larga boshqa bir sardor tayinladim.
Men shunday bo‘lishini xohladim. So'ngra bu mamlakat menga tobe bo‘ldi». Ayni paytda bu yurish haqida tarixchi Poliyen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib, unda hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan bo ‘lgan cho pon Shiroq keladi, u fors qo'shinlarini o'zidan boshqa hech kim bilmaydigan so'qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho‘lu-biyobon bo‘ylab yetti kun yo‘l bosishgach, tashnalikdan do‘zax azobini chekayotgan forslar o ‘zlarining aldanganliklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho ‘ponni o ‘ldiradilar, Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹19
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali