Kir II ning massagetlar hududiga bostirib kirishi

Bilet ¹26, savol ¹2

Javob

Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi. Bu yurish to‘g‘risida «tarix otasi» Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi To ‘maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo fors shohi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan kechib o‘tishni boshlash to’g’risida farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to‘g‘risida shunday hikoya qiladi: «Bu jang... barcha janglardan ham dahshatliroq edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o ‘q yog ‘dirishdi. O‘qlari tugagach, qo ‘llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko ‘p qon to ‘kildi. Nihoyat, massagetlarning
qo‘li baland keldi. Fors qo‘shinlarining kopchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o ‘zi ham halok bo ‘ldi».

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹26

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar