Bilet ¹27, savol ¹1
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo‘shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa ^mustahkam qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘ishtdan foydalanish to‘g‘risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining sakkizta darvozasi bo‘lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalgan. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafi s bo‘lib, afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan koshin toshtaxtachalar bilan bezatilgan. Qadimgi forslar lashkari mil. avv. 539-yilda Bobilga bos tirib kiradi va shaharni zabt etadi. Shu paytdan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹27
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali