Bilet ¹28, savol ¹1
Mil. avv. 140-130-yillar oralig‘ida ko‘chmanchiyuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig‘i barcha yuechji mulklarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi. Birlashgan yuechji qabilalarining birinchi hukmdori Kudzula Kadfi z bo‘lgan. Kudzula Kadfi z hukmronligi davrida Afg‘oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo‘shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfi z hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi.
Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovar (hozirgi
Pokiston)ga ko‘chiriladi, Kushon podsholigi esa ulkan davlatga aylanadi.
Uning hududiga Hindiston, Xo‘tan, Afgoniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan yerlar kirgan. Rim, Parfi ya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan podsholiklardan biriga aylangan.
To‘xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozgayuz tutdi va parchalanib ketdi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹28
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali