Qang‘ davlati

Bilet ¹30, savol ¹1

Javob

Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang‘yuy deb atalgani ma’lum. Mil. avv. III asrda unga saklarasos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa - Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti Qang‘dez bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan. Qang‘ davlatining
asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan.
Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan. Davlatning madaniy markazlaridan biri
Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroat chilik va hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu
urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan) ko‘pincha
g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib
ketdi.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹30

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar