Axborot nima? Axborotning ko‘rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida tushuntiring

Bilet ¹7, savol ¹1

Javob

«Informatsiya» so‗zi turli tillarda ishlatilib, ma‘nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio sozi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma‘nolarni anglatadi.O‗zbek tilida informatsiya so‗zi axborot deb tushuniladi.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi a‘zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta‘sirini, bog‗liqlik darajasini tushunamiz. Inson Axborotni hayotdan har xil ko‗rinish yoki shakllarda oladi: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovush; har xil to‗lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta‘m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo. Axborotning quyidagi xususiyatlar bor: axborotning qimatli bo`lishi; axborotning to`liq bo`lishi; axborotning ishonchli bo`lishi. Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqaxususiyatlari ham bo‗lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta‘kidlab o‗tish joiz. Axborot quyidagi tulari mavjud; uzlukli ko‗rinishli (diskret axborotlar) va uzluksiz axborotlar.

Ko'proq vazifalar

1

Fan: Informatika fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹7

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar