Bilet ¹8, savol ¹1
Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‗lishi uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‗rinishga o‗tkazishdir Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya‘ni belgi yoki belgilar ketmaketligi mos qo‗yiladi. Kodlangan axborotni birlamchi ko‗rinishiga o‗tkazish dekodlash deb ataladi. Kodlashda belgiga mos qo‗yilgan kod uzunligi turlicha bo‗lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‗yilgan kod uzunligi bir xil bo‗lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.
Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‗lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‗llanilgan. Kodlashning bu ko‗rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko‗rinishiga o‗tkazish deshifrlash deb ataladi. Axborotni kodlashning quyidagi usullari mavjud:
-o`rin almashtirish usuli;
-alifbini surish usuli;
-Morze usuli
-Tartiblangan alifbo usuli
-aralashtirilgan alifbo usuli.
Fan:
Informatika fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹8
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali