Bilet ą11, savol ą1
Butun dunyoda globallashuv jarayonining tezkor rivojlanishi, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo`llanilishi insoniyatning maTumot olish darajasini amalda cheksiz oshirish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan bir qatorda Internet tizimida konfidensial ma`lumotlaming oshkor etilishi ham oshib bormoqda. Masalan, 2015-yilda jahonda 1,5 mingdan ziyod, ya'ni oldingi yilga nisbatan 7,8 foizga ko‗p yashirin ma`lumotlaming oshkor bo`lishi kuzatildi. Ushbu ko‗rsatkich, jumladan, AQSHda 859 ta, Rossiyada 118 ta va Buyuk Britaniyada 112 tani tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida inson omili va tashqi tajovuzlar e‘tirof etiladi. Tashqi tajovuz natijasida ko'plab ma`lumotlar olib ketilsa-da, eng qimmatbaho ma`lumotlaming chiqib ketishini shaxsiy manfaatdorlik asosida ofis xizmatchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Axborotni muhofazalash — bu m aium otlarni o‗g‗irlash, yo‗qotish, soxtalashtirish, qalbakilashtirsh, ruxsatsiz foydalanish va ko‗paytirishning oldini olishga yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasidir. Axborot xavfsizligi — foydalanish talablari asosida ma‘lumotning yashirinligi, yaxlitligi va foydalanuvchanligini ta‘minlashdir. Umuman olganda, axborotga tahdid ikki xil bo‗lishi mumkin: ma‘lumotni ochish yoki uning mazmunini o'zgartirish. Ma’lumotni ochish — tasodifan yoki xusumatli harakatlar natijasida begona shaxsga axborotning mazmuni ruxsatsiz oshkor etilishdir.
Fan:
Informatika fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ą11
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali