Bilet ¹3, savol ¹2
Bu oilaga Shimoliy Yarimshaming mo‘tadil iqlimli min- taqalarida o‘sadigan 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ra’nodoshlaming barglari yonbargchali, oddiy, murakkab uch bargchali yoki murakkab toq patsimon bo‘ladi, poyada navbat bilan o‘mashadi. Gullari yakka-yakka, barg qo‘ltig‘ida o‘mashgan yoki
shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to‘pgullarda joylashgan, ikki jinsli, to‘g‘ri gul, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, ko‘pincha 5 a’zoli. Gul- tojbargi 5 ta, qo‘shilmagan. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi bitta yoki ko‘p. Mevalari bir danakli (shaftoli, o£rik), ko‘p danakli (malina, olma, nok) mevalar.
Bu oilaga tobulg‘i, olcha, na’matak, olma, olxo‘ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon kabi turkumlar kiradi (94-rasm). Mazkur oilaga kiruvchi tur va turkumlaming ko‘pligi tu- fayli ulaming gul tuzilishini yagona formula va diagramma bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tog‘ va to‘qaylarda na’matak turkumiga mansub turlar o‘sadi. Ulardan biri oddiy n a ’matak (ra’no)dir (95-rasm). U bo‘yi 2-3 m ga yetadigan, poyasi ko‘p, tikanli, ser- shox buta. Barglari murakkab, toq patsimon, 5-9 yaproq- chali. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor.
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹3
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali