Bilet ¹12, savol ¹2
Qovoqdoshlaming mevasi - etdor, sersuv, soxta qovoq meva . Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz o‘simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o‘rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o‘sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog‘i 5-7 ga bo‘lingan. Uning changchi va urug‘chi gullari bitta tupda yetishadi. Gullari sariq. Changchili gullari nisbatan yirik bo‘lib, urug‘chili gullardan oldinroq ochiladi, changchilari 5 ta. Urug‘chili gullarida 3 ta tumshuqchali 1 ta urug‘chisi bor. Oshqovoqning mevasi yirik, soxta meva. Mevaning tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor. Urug‘ida 50% gacha moylar bor. Qovoqdoshlar oilasiga mansub itqovun ekinlar orasida begona o‘simlik sifatida uchraydi. Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar
handalak, qovun, tarvuz hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuvg‘ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹12
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali