Novda haqida tushuncha bering ?

Bilet ¹15, savol ¹2

Javob

Novda yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib, poya hamda unda joylashgan barg va kurtaklardan iborat. Daraxt, buta va yarimbutalaming o‘zida kurtak va
barg hosil qiladigan bir yillik shoxi ham novda deyiladi (22-rasm).
Poya novdaning o‘zak organi hisoblanadi. Poyaning barg va yon kurtaklar joylashgan qismi bo‘g‘im deyiladi. Qo‘shni bo‘g‘imlar orasi bo‘g‘im oralig‘i deyiladi.
Kuz yaqinlashishi bilan novdalaming yashil rangi o‘zgarib, qo‘ng‘ir va qizg‘ish rangga kiradi. Chunki bu vaqtda ulaming po‘sti qalinlashadi, ya’ni po‘kak qavat
hosil bo‘ladi. Kech kuzda barglar to‘kilib ketib, ular qo‘ltig‘ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu holda qishlaydi. Novdalar ikki xil bo‘ladi. Agar nov-
da barg va kurtaklardan iborat bo‘Isa, vegetativ novda deyiladi. Novdadan
gul paydo bo‘Isa, generativ yoki gulli novda deb ataladi. Demak, barg va kurtaklari bo‘lgan daraxt va butalaming bir yillik nov- dasi yoki urug‘idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹15

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar