Yerbag‘ir tugmachagulning hayotiy shakli, poyasi, bargi, ildizi, guli, mevasiva dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumot

Bilet ¹17, savol ¹2

Javob

Gulxayridoshlaming ko‘p tarqalgan vakillaridan biri yerbag‘ir tugmachaguldir (102-rasm). U bo‘yi 10-40 sm keladigan, bir yillik begona o‘t. Uni barcha sug‘oriladigan yerlarda, ariqlar bo‘yida va ekin- lar orasida uchratish mum- kin. Poyasi sershox, yer
bag‘irlab yoki yonboshlab o‘sadi. Barglari uzun bandli, yaprog‘i deyarli yumaloq,
cheti 5-7 ga bo‘lingan. Gullari barg qo‘ltig‘ida o‘mashgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin,
gulkosachabarglarga nisba- tan 2 marta uzun. Chang- chilari ko‘p, iplari birikkan,
urug4chini o‘rab turadi. Yerbag‘ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gul- laydi. Mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva.
Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug4 i xalq ta- bobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹17

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar