Bilet ¹21, savol ¹1
Yer yuzidagi yashil o‘simliklar qancha ko‘p va xilma-xil bo‘lmasin, ular orasida juda katta umumiylik va o‘xshashlik bor. Bu umumiylik, birinchi navbatda, o‘simlik organlari- ning hujayralardan tuzilganligidir.
0 ‘simliklarda tuzilishi o‘xshash va muayyan bir xil vazifani bajaradigan hujayralar yig‘ilib, to‘qima hosil qiladi. 0 ‘simliklar esa organlardan tashkil topgan. Ildiz, poya, barg, gul va mevalar uning asosiy organlari hisoblanadi. 0 ‘simliklaming organlari bir-biri bilan mustahkam bog‘- langan. Agar bir organ ishdan chiqsa, qolganlarining ham
faoliyati buziladi. 0 ‘simlik tirik organizm, u oziqlanadi, nafas oladi, o‘sadi, gullab, meva beradi, ko‘payadi. Bir organda hosil bo‘lgan moddalar boshqa organlarga o‘tib, ulaming o‘sishi va ri- vojlanishi uchun sarflanadi. Masalan, bargda fotosintez jarayonida
hosil bo‘lgan oziq moddalardan o‘simliklaming boshqa barcha organlari foydalanadi. Yoki ildiz orqali tup- roqdan olinadigan suv va unda erigan mineral moddalar o‘simliklaming har bir hujayrasigacha yetib boradi. Organlardagi umumiylikni ifodalash uchun g‘o‘za miso- lida ayrim organlaming ishi bilan tanishib chiqamiz.
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹21
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali