Piyoz po‘stidan preparat tayyorlash jarayonini tushuntirib bering?

Bilet ¹26, savol ¹3

Javob

1. Piyoz pardasidan preparat tayyorlang. Buning uchun uni qu rigan po‘stidan tozalang va etli po‘stidan bir bo‘lak kesib oling. Qisqich bilan po‘stdan yupqa shaffof pardani ajratib olib, uni bu- yum oynasi ustidagi suv tomchisiga qo‘ying va ustini qopla-
gich oyna bilan yoping. 2. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopda ko‘ring. Botanikadan tutgan daftaringizga piyoz pardasi hujayralarining tuzilishini chizing va tarkibiy qismlari nomini yozing. 3. Chigit tukla- ridan preparat tayyorlang. Buning uchun namlangan chigit tuklaridan ajratib oling va uni buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘ying. Tuklami nina bilan to‘g‘rilang va ustini qoplagich oyna bilan yoping. 4. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopda ko‘ring. Unda ko‘ringan hujayraning rasmini chizing va tarkibiy qismlari nomini yozing.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹26

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar