O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mutloq vakolatlarini aytib bering

Bilet ¹14, savol ¹1

Javob

Oliy Majlis quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash;
- Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash;
- Markaziy bank raisini saylash;
- 0‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqish va qabul qilish;
- 0‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik dasturlarini
qabul qilish. Qonunlar Oliy Majlisga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar
tomonidan taqdim qilinadi. Shundan so‘ng Oliy Majlis bu qonunlarni ko‘rib chiqadi,
tuzatishlar kiritadi va qabul qiladi.Qonunchilik tashabbusi huquqiga 0‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari,
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi
subyektlari tomonidan qonun loyihasini 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
83- modda. Oliy Majlis, shuningdek, davlat organlari va boshqa organlar, tashkilot, korxona,
muassasalar tomonidan 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva qonunlarining, Oliy majlis
qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazorat olib borish vakolatiga ega.

Ko'proq vazifalar

1

Fan: Davlati va huquqi asoslaridan imtixon savollariga javoblar 8 sinf
Bilet: ¹14

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar