Huquqiy munosabat va uning turlari

Bilet ¹18, savol ¹1

Javob

Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko‘ra obyekt, subyekt kabi elementlarni ocz ichiga oladi.
Misol uchun, Ravshan do‘kondan umumiy daftar varangli qalam sotib olmoqchi. Bu
yerda umumiy daftar va rangli qalam huquqiy munosabatning obyekti hisoblanadi. Ravshan esa
huquqiy munosabatning subyektidir.
Huquqiy munosabatning yana bir tarkibiy elementi bu huquqiy muno_,sabat mazmunidir.
Mazmun o‘z navbatida subyektiv huquq va yuridik majburiyatni o‘z ichiga oladi. Huquqiy
munosabatlar mazmuni bu huquqiy munosabat subyektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini
amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlaridir. Masalan, do‘konda choy sotib olish paytidagi
huquqiy munosabat mazmuni - bu sotuvchining choyni berishi va xaridorning pul toiashi boiib,
bu yerda sotuvchi choy berayotganida o‘z majburiyatini bajardi va pul olish huquqiga ega
boidi. Va aksincha, xaridor choyni olar ekan o‘zining choy olishga boigan huquqidan
foydalandi va pul berish majburiyatiga ega boidi.
Demak, huquqiy munosabatlarning elementlari to‘rtta ekan: obyekt, subyekt, subyektiv
huquq vayuridik majburiyat. Huquqiy munosabatlar subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning
yuridik shakli bo‘lib, uning yordamida davlat va qonun talablariga binoan ijtimoiy munosabat
ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.
Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni subyektlar huquq layoqatiga hamda
muomala layoqatiga ega boMishlari talab etiladi.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Davlati va huquqi asoslaridan imtixon savollariga javoblar 8 sinf
Bilet: ¹18

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar