Bilet ¹25, savol ¹1
Davlat va jamiyat boshqaruvi saylov orqali demokratik asosda tashkil topadi, xalqning
saylov yo‘li bilan vakillik organlari tuzib, ularga o‘z vakilla rini saylash, saylanadigan organlar
faoliyatining yo‘nalishlarini belgilash imko niyatida fuqarolik jamiyatining asl mazmunmohiyati
mujassamdir. 0‘z bekiston Respublikasining Oliy Majlisi - davlat hokimiyatining oliy
vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi
hokimiyatni amalga oshiruvchi Oliy Majlisni ikki palatali tarzda - Qonunchilik palatasi va
Senatdan iborat qilib tashkil toptirishdan ko‘zlangan aso siy maqsadlar quyidagilardir:
- Oliy Majlis faoliyati jarayonida manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish;
- qonun ijodkorligining sifatini ta’minlash;
- umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
0‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakil lik organi bo‘lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amal ga oshiradi.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan
- Qonun chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat
muddati - besh yil. 76- modda
Fan:
Davlati va huquqi asoslaridan imtixon savollariga javoblar 8 sinf
Bilet: ¹25
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali