Biosferadagi tirik moddaning destruktiv funksiyasi

Bilet ¹10, savol ¹1

Javob

Destruktiv funksiyasi nobud bo‘lgan organizmlar tarkibidagi organik birikmalarning parchalanishi va minerallashuvi, tog‘ jinslarining yemirilishi, hosil bo‘lgan mineral moddalarning biokimyoviy aylanishga - biogen migratsiyaga jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Natijada biogen moddalar hamda biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar paydo bo‘ladi. Tog‘ jinslarining yemirilishi muhim jarayon hisoblanadi, chunki tirik moddaning destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral moddalar davriy aylanishga qo‘shiladi. Bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar, zamburug‘lar, lishayniklar tog‘ jinslarini kimyoviy moddalar yordamida yemiradi. Organik birikmalarning
minerallashuvi tufayli hosil bo ‘Igcm kalsiy, kaliy, natriy, fosfor, kremniy kabi biogen elementlar moddalarning biokimyoviy aylanishiga qo ‘shiladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹10

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar