Antropoekologik sistemalar, ularning inson salomatligiga ta’siri

Bilet ¹14, savol ¹2

Javob

Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Antropoekologiya ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy bilim sohasi bo‘lib, insonning normal hayotiy faoliyati uchun turli ehtiyojlarni qondirish va turmush darajasini orttirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi uning faoliyati faol, ijodiy xarakterda ekanligidir. Inson o‘z atrofida sun’iy muhit yarata olishi ham uni boshqa ekologik omillardan ajratib turadi. Antropoekologiya fani antropoekologik sistemalarning shakllanishi, yashash va rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, insonning sog‘lom turmush tarzi me ’yorlari, salomatligiga ta’sir etadigan (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) omillarni kengmiqyosda o‘rganadi.
Inson salomatligiga ta’sir etadigan fizik omillarga havo harorati, namligi, bosimi, quyosh radiatsiyasi, yorug‘lik, elektromagnit kuchlanishi va maydoni, shovqin misol bo‘ladi.
Inson salomatligiga ta’sir etadigan kimyoviy omillarga tuproq, suv, turli toksinlar, oziq-ovqat mahsulotlarida tuz konsentratsiyasi va kislotalilikning yuqori bo‘lishi, dori-darmonlar, neft mahsulotlari, atmosfera havosida zaharli gaz miqdorining ortishi, biologik omillarga esa kasallik tug‘diruvchi omillar ekto va endoparazitlar, zaharli o‘simliklar, zararkunanda hasharotlarning ta’sirini kiritish mumkin.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹14

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar