Tuproq – edafik omil.

Bilet ¹15, savol ¹1

Javob

Tuproq - edafik omillar (yunoncha «edaphos» - yer, tuproq) tirik organizmlar hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir. Edafik omillarga asosan tuproqning organik moddalar bilan belgilanadigan xossalari: kimyoviy tarkibi, strukturasi, suv rejimi, havo va harorat me ’yori misol bo ‘ladi.
Tuproq Yer qobig‘ining o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tog‘ jinslari o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan va o‘zgaradigan yuza 64
qismi hisoblanadi. Tuproqshunoslikfaniga rus olimi V.V. Dokuchayev asos solgan.
V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillami ko‘rsatib bergan: geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar (relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi). Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘ jinslarining yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar - mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Tuproqda xilma-xil mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar, hasharotlar va ularning lichinkalari), umurtqali hayvonlar (yumronqoziq, yerqazar, krot) yashaydi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹15

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar