Biosferaning tarkibi.

Bilet ¹16, savol ¹2

Javob

Biosfera bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan xilma-xil komponentlardan tarkib topgan ulkan biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani tashkil etuvchi komponentlarni kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi va yettita bir-biridan farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi. Qattiq moddalar - Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval, tirik organizmlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari (granit, marmar) misol bo‘ladi. Biogen moddalar — tirik organizmlarningfaoliyati mahsulotlari yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil bo‘lgan moddalar yig‘indisi. Ularga neft, toshko‘mir, ohaktosh va atmosfera gazlarini misol qilish mumkin (40-rasm).
Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar — bir vaqtning o‘zida tirik organizmlar faoliyati va abiogen jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, tuproq, suv havzalarining tubi (41-rasm).
Radioaktiv moddalar — radioaktiv elementlar va ularning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalar.
Tarqoq atomlar — ayrim elementlarning atomlari bo‘lib, tabiatda tarqoq holda uchraydi.
Kosmik moddalar — kelib chiqishi kosmos bilan bog‘liq, biosferaga kosmosdan kirib keladigan moddalar: meteoritlar, kosmik chang zarralari misol bo‘ladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹16

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar