Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida

Bilet ¹17, savol ¹1

Javob

Quruqlik-havo muhiti. Quruqlik-havo muhitining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani bilan, ularning hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Quruqlik- havo muhiti cho‘l, dasht, o‘rmon, g‘or, botqoqlik, tekislik va tog‘lar kabi xilma-xil yashash muhitlari bilan xarakterlanadi.
O‘simlik va hayvonlardagi quruqlik-havo muhitida yashashga moslanishlar. Suv muhitidan farq qilib, havoning zichligi katta emas. Shuning uchun bu muhitda o‘simliklarda tayanch vazifasini bajaruvchi mexanik to‘qimaning rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Tuproq muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq tuproq zarralari orasida havo va suv bo ‘ladi. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar edafobiontlar (yunoncha «edaphos» - tuproq, «biontos» - yashovchi) deb ataladi. Xojayin organizmning ichki organlari va to‘qimalarida yashovchi organizmlar endobiontlar (yunoncha «endon» - ichki, «biontos» - yashovchi) deyiladi. Bir organizmning (parazit) boshqa organizm (xojayin) hisobiga yashashi parazitlik deb yuritiladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹17

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar