Bilet ¹26, savol ¹2
Sukkulentlar (lotincha «succulentus» - sersuv) - ularda o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi. Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan (kaktuslar). Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi.
Fan:
Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹26
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali