Bilet ¹29, savol ¹1
Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil. Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik zonalardan iborat
Cho‘l ekotizimi. Cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan kopini tashkil qilib, dengiz sathidan 400-500 m gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Tuproqning strukturasiga ko‘ra sho‘rxok tuproqli cho‘l, qumli cho‘l, gipsli cho‘llar farqlanadi. Masalan, sho‘rxok tuproqli cho‘llarda shiraga boy o‘simliklar (seret baliqko‘z, qizil sho‘ra, sarsazan), qum tuproqli cho‘llarda yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simliklar (saksovul, sag‘an, qumtariq, juzg‘un, silen, iloq), gipsli cho‘llarda shu sharoitga moslashgan o‘simliklar (qora boyalich, buyurg‘un, shuvoq) o‘sadi. Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilardan qo‘shoyoqlar, barxan mushugi, jayron, oqquyruq, olaqo‘zon, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri, yumronqoziq, qumsichqon, tipratikan; qushlardan xojasavdogar, to‘rg‘ay, tentakqush, yo ‘rg‘a tuvaloq, boyo‘g‘li, cho‘l moyqurti, qum chumchug‘i so‘fito‘rg‘ay, yirtqich qushlardan tasqara, burgut kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chipor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi keng tarqalgan
To‘qaylar daryo bo ‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. To‘qaylarda sutemizuvchilardan to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, chiyabo‘ri,
tovmhqon; qushlardan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, birqozon, qirg'ovul, qirg'iy va boshqalar uchraydi.
Adirlar O'zbekiston hududining dengiz sathidan 500-1200 m gacha bo'lgan joylardir.
Fan:
Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹29
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali