Pyotr I ning Rossiya tarixidagi tutgan o`rni haqida fikr bildiring.
Bilet №4, savol №2
Pyotr I ning Rossiya tarixidagi tutgan o`rni haqida fikr bildiring.
Pyotr I [1672.30.5(9.6), Moskva - 1725.28.1(8.2), Peterburg] - rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629-76)ning kichik o`g`li. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar o`tkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga bo`ysundirilgan; mamlakat gubernalarga bo`lingan; yangi poytaxt - Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning G`arbiy Yevropadagi ilg`or davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati o`tkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695-96-yillarda Azov yurishlarida, 1700-21-yillarda Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702),
Lesnaya daryosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qo`shinlarga qo`mondon bo`lgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat
tizimining yirik mafkurachisi sifatida dvoryanlaming iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha o`quv yurtlari, FA ochilgan, diniy-slavyan alifbosi o`rniga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. Pyotr I islohatlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon solig`i va boshqalar) hisobiga o`tkazilganki, natijada, bunga qarshi qo`zg`olonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705-06; Bulavin, 1707-09 va boshqalar) bo`lib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan..
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №4
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali