Husayn Boyqaro haqida ma`lumot bering.
Bilet ¹12, savol ¹2
Husayn Boyqaro haqida ma`lumot bering.
Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tug`ilgan. 1469yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh do`sti va homiysi.Husayn Boyqaro, Husayniy (to`liq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (14691506), shoir. 15-asr o`zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan.
Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur ta`riflaganidek, ikki tomonlama ulug` („karim ut-tarafayn—) bo`lgan.Navoiyning tadbirkorligi bilan Yodgor Mirzoni qo`lga olib, taxtni qayta egallagan va umrining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, Seyiston, Qandahor, Balx, G`aznadan Domg`ongacha bo`lgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro o`zi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron bo`lgan, qabr va uning ustiga o`rnatilgan „Sangi haft qalam— saqlanib qolgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹12
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali