Shosh haqida ma`lumot bering.
Bilet №15, savol №1
Shosh haqida ma`lumot bering.
Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12asrlar). Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10- asr tarixiy ma`dumotlariga ko`ra, B.ning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan bo`lib, ko`handiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi bo`lib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda o`rda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi bo`lgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo do`konlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim ma`lumotlarga ko`ra 8 ta, yana boshqa ma`lumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi bo`lib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza bo`lib, paxsa, guvala va xom g`ishtdan qurilgan uy - joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan sharkda shuxrat qozongan. Shahardan ko`plab suv tarmoklari o`tgan, ko`chalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bog` va tokzorlar ko`p bo`lgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №15
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali