Ismoil Somoniy haqida ma`lumot bering
Bilet №18, savol №2
Ismoil Somoniy haqida ma`lumot bering
Ismoil Somoniy o=rta asrlarning qobiliyatli, serg=ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to=qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o=z ta`sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu`tazid (892-902)safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi.Natijada 900-yilda ular o=rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g=alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo=l ostiga o=tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig=ini yuborishga majbur bo=ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o=z qo=l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №18
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali