Qadimgi Afina va Sparta davlatlarini taqqoslang.
Bilet №19, savol №1
Qadimgi Afina va Sparta davlatlarini taqqoslang.
Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog`li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina ma`budiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9-8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urug`chilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urug` aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-asrda Ada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli og`irlashgan edi. Mil. av. 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) bo`ldi. U Afinada ijtimoiysiyosiy tuzumni tubdan o`zgartiradigan islohotlar o`tkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urug`chilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan bo`ldi. Aristokrat naslidan bo`lgan Pisistrat o`z tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda o`zini Attika dehqonlarining dohiysi deb e`lon qildi va Afinaning mustabid hokimi bo`lib oldi. Pisistrat o`ziga qarshi bo`lgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri o`tkazildi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №19
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali