Boburiylar sulolasidan bo`lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixidagi tutgan o`rni haqida fikr bildiring.

Bilet ¹23, savol ¹2

Boburiylar sulolasidan bo`lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixidagi tutgan o`rni haqida fikr bildiring.

Javob

ShohJahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-o`g`li. Asl ismi Xurram. 1616 yil Dekan (to`g`rirog`i — Dakan)dagi g`alabasidan so`ng Sh.J.nomini olgan. 1622— 25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt uchun kurashlarda g`olib bo`lib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan. Taxtga o`tirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur bo`lgan. Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga ko`chirgan. Bu davrda adabiyot, san`at, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qal`a, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bog`i va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurg`oqchilik tufayli ocharchilik bo`lgan, xalqning ahvoli og`irlashgan, shuning uchun Sh.J. mazkur o`lkalardagi yer solig`ini kamaytirgan. Sh.J. davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning o`tillari o`rtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta o`g`li Avrangzeb g`olib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan.

Qo'shimcha yoki boshqa yechim

Ðåøåíèå ¹1

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹23

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar