Prussiya qirolligi haqida ma`lumot bering.

Bilet №25, savol №1

Prussiya qirolligi haqida ma`lumot bering.

Javob

Prussiya (PreuBen) — davlat, so`ngra Germaniyadagi yer (federativ ma`muriy birlik; 1945 yilgacha). P.ning asosiy tarixiy o`zagi — Brandenburg 1618 yil Prussiya gersogligi (Tevton ordeni tomonidan 1525 yil bosib olingan prus yerlarining bir kismida vujudga kelgan) bilan birlashgan. BrandenburgPrussiya davlati 1701 yil Prussiya qirolligiga aylangan (poytaxti — Berlin shahri).
Prussiyaning iqtisodiy va siyosiy hayotida yunkerlar rahbarlik rolini o`ynaganlar. Gogensol-lemlar sulolasidan chiqqan Prussiya qirollari (Fridrix II va boshqalar) XVII asr XIX asrning I yarmida davlat hududini sezilarli darajada kengaytirgan. 1871 yil prus yunkerlari Bismark boshchiligida "Temir va kon" bilan Germaniyani prus-militaristik asosda birlashtirilishini yakunlashgan; Prussiya qiroli ayni vaqtda Germaniya imperatori bodgan. Germaniyadagi 1918 yil noyabr inqilobi nati-jasida Prussiyadagi monarxiya barham topgan. Prussiya Germaniya yerlaridan biriga aylangan. Ikkinchi jahon urushida fashistik Germaniya tormor keltirilgach, Prussiya hududi ayrim yerlarga taqsimlangan (1945); 1947 yil Germaniyadagi Kontrol kengash Prussiya davlatini militarizm va reaksiya ning beshigi sifatida yo`q kilinganligi haqida qonun qabul qilgan.

Qo'shimcha yoki boshqa yechim

Решение №1

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №25

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar