Ismoil I Safaviy haqida ma`lumot bering.
Bilet №26, savol №2
Ismoil I Safaviy haqida ma`lumot bering.
Ismoil I Safaviy (1487.17.7— 1524.23.5) - Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500—01), Tabrizni (1502) egallab, o`zini shoh deb e`lon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir kismini bosib olgan (1503—10). I. I davrida Safaviylar davlati ancha kengaygan. 1512 y. I. I qo`shinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513 y. boshida o`zbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qo`shinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar bilan bo`lgan urushda I. I yengilgach (1514), o`z qo`l ostidagi G`arbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; ma`muriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil bodishga harakat qilgan ko`chmanchi zodagonlar bilan
urush olib borgan. Islomning shia mazxabini davlat dini deb e`lon qilgan. Turkiyzabon she`riyatning rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №26
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali