Ahmad al-Farg`oniy hayoti va ijodi.

Bilet ¹6, savol ¹3

Ahmad al-Farg`oniy hayoti va ijodi.

Javob

Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muham mad ibn Kasir alFarg'oniy (797—865) Farg'ona vodiysining Quva shahrida tavallud topgani uchun Sharqda AlFarg'oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug'ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832—833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig'ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o'lchashda qatnashdi. 861-yilda al-Farg'oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr — daryo oqimi sathini belgilaydigan ”Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklandi. Bizning davrimizgacha Ahmad alFarg'oniyning sakkiz asari saqlangan bo'lib, ular orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Yevropada mashhur bo'lgan alloma nomi XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga berilgan. Mustaqillik yillarida Ahmad al-Farg'oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al-Farg' oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farg'ona shahrida alFarg' oniy nomi bilan bog' yaratildi va buyuk allomaga haykal o'rnatildi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹6

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar