Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti va faoliyati.

Bilet №8, savol №3

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti va faoliyati.

Javob

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783—850) Xorazm diyorida tug'ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o'z ona yurti Xorazm va Mova rounnahr shaharlarida ko'pgina ustozlardan oladi. So'ngra u xalifa Ma'mun zamonida (813—833) "Bayt ul-hikma"da mudir sifatida faoliyat ko'rsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo'shdi. Al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Asarlari orasida, ayniqsa, matematikaga doir "Al-jabr valmuqobala" mashhur. Hatto, "algebra" atamasi ushbu kitobning "al-jabf deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o' z ifodasini topdi. Uning 'Al-jabr" asari asrlar davomida avlodlar qo'lida yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o'lchov ishlarida dasturilamal bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu riso Iasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o'nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiy al-jabrni mustaqil fan darajasiga ko'tarib, algebra faniga asos soldi va tarixda o' Zidan o'chmas iz qoldirdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: №8

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar