“Loy jangi” haqida ma`lumot bering.

Bilet ¹16, savol ¹1

“Loy jangi” haqida ma`lumot bering.

Javob

Movarounnahrni qo'ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo'ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo' shin tofiadi. Ikki o'rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o'rtasidagi Chirchiq daryosi bo'yida sodir bo'ladi. Tarixda u ”Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki 0' sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto Otlar loyga botib qolgan. Jangda Amir Temur qo'shini g'olibona harakat qilib, dushman qo' shinining o'ng 21
qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o'z askarlarini raqibning so'l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo'ladi.Bu g'alabadan so'ng Ilyosxo'ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo'jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli (10' shin bo'lmasa-da, xalq shahar mudofaasini 0' z qo'liga oladi. Uzoq davom etgan mo' g'ul lar hukmronligiga qarshi ko'tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹16

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar