Bilet ¹6, savol ¹3
Rasmga izoh: Xromosomalar quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash, hujayra faoliyatini tashkil etishda irsiy axborotdan foydalanish, irsiy axborotning o‘qilishini nazorat qilish, irsiy axborotni ikki hissa orttirish, ularning nasldan naslga o‘tishini ta’minlash. Xromosomalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra DNK (40%) va oqsillar (60%)dan tarkib topgan. DNK irsiy axborotni saqlash, oqsillar tuzilma va regulatsiya (boshqarish) funksiyalarini bajaradi. Bo‘linayotgan hujayrada xromosomalar kuchli spirallashuvi tufayli irsiy material ixcham shaklga kiradi. Bu holat xromosomalarning mitoz davrida hujayra bo‘ylab harakatlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi. Odam hujayrasidagi DNKning umumiy uzunligi 2 metr bo‘lsa, spirallashgan xromosomalarning umumiy uzunligi 150 mkm (mikron) ga teng bo‘lib qoladi. Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birinchi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. «Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.
Fan:
Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹6
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali