Organik olam filogenezida yopiq urug`li o`simliklar vegetativ organlarining takomillashuvini tushuntirib bering.

Bilet ¹12, savol ¹1

Javob

Mezozoy erasining yura davrida dastlabki yopiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘ldi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda idioadaptatsiya natijasida bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar, chala buta va buta, daraxtlar vujudga kelgan. Ular orasida umumiy degeneratsiyaga uchragan parazit o‘simliklar ham bor. Yopiq urug‘li o‘simliklarda tayanch, zaxira to‘plash vazifasini bajaradigan ildiz, poya, fotosintezni amalga oshiradigan barg singari morfologik, anatomik va fiziologik jihatdan takomillashgan vegetativ organlar mavjud. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib o‘simliklar olamida yopiq urug‘li o‘simliklarning hukmronligi boshlangan. Yopiq urug‘li o‘simliklarning yuqori darajadagi evolutsion moslanishga egaligi Yer yuzida keng tarqalishi va rivojlanishining asosiy sabablaridan biri sanaladi. Ekologik va genetik omillar (aneuploidiya, poliploidiya)ga asoslangan adaptiv reaksiyalar natijasida har xil ekologik muhitga moslashgan turlar vujudga kelgan. Barcha o‘simliklar uzoq tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va biotsenozning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, undagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi va amalga oshiriladigan fotosintez jarayoni natijasida havodagi karbonat angidrid miqdori me’yorlashadi, kislorodning miqdori ortadi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹12

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar