Rasmda nima tasvirlangan?

Bilet ¹21, savol ¹3

Óñëîâèå çàäàíèÿ

Javob

Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobakterium hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi. Agrobakteriyaning ayrim turlari (Agrobacterium tumefaciens) ikki urug‘pallali o‘simliklarni zararlab, ularda shish keltirib chiqarishi mumkin. Agrobacterium tumefaciens– tuproq bakteriyasi shish hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyati Ti-plazmid deb ataladigan plazmida bilan bog‘liq. Ti-plazmida hujayraga genetik axborotni kiritish uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega tabiiy vektor bo‘lib
hujayraga genetik axborotni kuritish uchun zarur xususiyatlarga ega. O‘simlik zararlanganidan so‘ng Ti-plazmidaning bir qismi o‘simlik hujayralariga kiradi. Zararlangan o‘simlik tanasidagi hujayralar pala-partish
bo‘linishi natijasida shish hosil bo‘ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay) plazmid genomining T-DNK (shish hosil qiluvchi DNK) bo‘lagi chaqiradi. Buning sababi T-DNK o‘simlik hujayrasi genomiga birikishi va uning
xususiyatini buzishidir. T-DNKning bu xususiyatidan gen muhandisligida keng foydalaniladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹21

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar