Muhammad Rahimxon I ning Xiva xonligi tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.

Bilet ¹3, savol ¹2

Muhammad Rahimxon I ning Xiva xonligi tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.

Javob

Muhammad Rahimxon I - Xiva xoni. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan.To‘liq ismi Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin inoq.Akasi Eltuzarxon vafotidan keyin taxtga o’tirgan (1806-yil).Muhammad Rahimxon 1 Xiva xonligini birlashtirishda ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha siyosiy, iqtisodiy, ma'muriy islohotlar o’tkazgan.Xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko’rsatuvchi Kengash (Devon) ta'sis etilgan. Muhammad Rahimxon I Orol bo‘yi qoraqalpoqlarini bo’ysundirish uchun bir necha marta yurish qilib, 1811-yilda To’ramurod so‘fmi yengib xonlikni mustahkamlagan. 1812-1818-yillar davomida Sirdaryo bo‘yi qozoqlari va Marvdagi taka turkmanlar ustiga yurish qilib, ularni xonlikka qo’shib olgan. Bu g‘alabalar Xiva xonligining mavqeini mustahkamlab, uni mustaqil qudratli davlatga aylantirgan.l822-yilda Marv ustidan hukmronligini o’matdi. 1823-1824-yillarda Buxoro amirligiga tegishli Qoqishtivon, Og’or va Poykend qal'alariga talonchilik yurishlarini qilgan. Buxoro amiri Haydar bilan sulh tuzgan (1825-yil).
Muhammad Rahimxon I davrida Dashti Qipchoq, Xuroson Xiva xonligiga soliq to‘lab turgan. Xonlik hududi janubda Xuroson, Shimolda Orol dengizi va Sirdaryoning quyi oqimidagi ycrlar. sharqda Buxoro amirligiga tutash hududlar, g’arbda Kaspiy dengizi qirg’oqlarigacha boMgan yerlami o‘z ichiga olgan. Muhammad Rahimxon I o‘zi qurdirgan Pahlavon Mahmud maqbarasidagi katta xonaqohning to’riga dafn etilgan. Rahimxon 1 arab, fors tillarini bilgan. Ilm ahliga homiylik qilgan. Olim, shoir va donishmandlar bilan suhbatlar o’lkazib turgan. Munisga Eltuzarxon davrida boshlangan “Firdavs-ul-iqbol” asarini davom ettirishga sharoit yaratib bergan,1813-yilda Munisga “Ravzat-us-safo” asarini tarjimasini topshirgan.Mamlakatda bir qancha kanallar qazdirib obodonlashtirisga e'tibor bergan. Arkda zarbxona tashkil qilib oltin va kumush tangalar chiqargan. Muhammad Rahimxon I davrida ichkilik va bangilik taqiqlangan. Pahlavon Mahmud maqbarasi qayta qurilgan. Xivada bir qancha madrasa va masjidlar qurilgan. Bojxona va boshqa muassasalar ishga tushgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹3

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar