Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang

Bilet ¹9, savol ¹1

Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang

Javob

G’arbiy Osiyodagi qad. davlat. (mil. av. 9— 6-asrlar). Ravnaq topgan davrida Armaniston tog‘lik rayoni (hozirgi Armanistonning butun hududi, Turkiya va Eronning bir qismi)ni qamragan. Aholisi — urartlar. Poytaxti — Tushpa sh. (hozirgi Turkiyadagi Van sh.) bo‘lib, unda podsho Sarduri I davrida katta qurilish ishlari olib borilgan. Mil. av. 9-asr oxiri—8-asrning lyarmida Urartu davlati ravnaq topgan. Menua, Argishti I va Sargon II podsholiklari davrida Urartu hududi ancha kengaygan. Bosib olingan viloyatlarda qal’alar qurilgan (Ararat tog‘ining shim. yon bag‘rida Menuaxinili sh.; Erebuni — Yerevan atrofidagi Arin Berd tepaligi; Araksning so‘l qirg‘og‘ida Argishtixinili). Urartuda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. av. 8-asr o‘rtasida Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III (mil. av. 745—727) Urartu ko‘shinlarini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi Shimoliy Mesopotamiya va Shimoliy Suriyani egallagan. So‘ngra Rusa I davrida Sargon II boshliq Ossuriya qo‘shinining yurishlari natijasida mamlakat xonavayron bo‘lgan. Biroq 7-asrda U. Janubiy Zakavkazyeda hali ham o‘z mavqeini saklab qolgan edi. Rusa II (mil. av. 685—645) bu yerda yangi qal’alar bunyod etgan (jumladan, Teyshebaini va boshqalar). Skifkimmeriy yollanma qo‘shini yordamida Urartu podsholari Frigiya podsholigini tormor qilganlar (mil. av. 676 y.). Midiya podsholigining kuchayishi Urartuni Ossuriya bilan yaqinlashtirgan. Biroq mil. av. 6-asr boshida Urartu Midiya tomonidan tormor etilgan va uning tarkibiga qo‘shib yuborilgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹9

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar