Sparta shahar-davlati haqida maʼlumot bering.

Bilet ¹10, savol ¹1

Sparta shahar-davlati haqida maʼlumot bering.

Javob

Sparta (Lakedemon) — Lakonika (Peloponnes)dagi yunon shahardavlati (polney); mil. av. 8—6-asrlarda Peloponnesning jan. kismini bosib olgach, yirik davlatga aylangan. Rivoyatga ko‘ra, S.dagi davlat tuzumiga Likurg (9—8-asrlar) tomonidan asos solingan. Spartiatlar (S.ning to‘la huqukli fuqarolari) o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan ilotlar bilan teng ravishda davlat yer boMaklariga egalik qilishgan, o‘zlari esa, asosan, harbiy ish bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Hunarmandchilik va savdo perieklar qo‘lida bo‘lgan. S. — oligarxik davlat tuzumiga ega polisning yuksak namunasi; davlat ishlari gerusiya, so‘ngra eforlar kollegiyasi tomonidan hal etilgan. Afina va S. o‘rtasidagi raqobat 431—404 yillardagi Peloponnes urushiga olib kelgan; S. unda g‘alaba qozonib Yunoniston ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Mil. av. 4—3- asrlarda S.da tovarpul munosabatlari taraqqiy etgan, bu mulkiy tabaqalanishni yanada kuchaytirgan. S. Fiva bilan Levktra (371) va Mantineya (362) yonida bo‘lgan janglarda mag‘lubiyatga uchragach, 2darajali davlatga aylanib qolgan. 146 y. Rim tomonidan bo‘ysundirilgan, mil. av. 27 y. Rimning Axayya provinsiyasi tarkibigakirgan. Kds. S. o‘mida hozirgi Gretsiyaning Sparta sh. joylashgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹10

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar