Husayn Boyqaro haqida maʼlumot bering
Bilet ¹12, savol ¹2
Husayn Boyqaro haqida maʼlumot bering
Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yiI, Hirot— 1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - taniqli nshoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tug’ilgan. 1469-yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh do’sti va homiysi.
Husayn Boyqaro, Husayniy (to’liq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot— 1506)— Xuroson hukmdori (1469-1506), shoir. 15-asr o’zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan.Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi.Husayn Boyqaro, Bobur ta’riflaganidek, ikki tomonlama ulug’ („karim ut-tarafayn“) bo’lgan. 1458-yilda 300 kishilik qo’shin bilan Sulton Sanjaming yaqinlaridan Bobo Hasan qo’shinini yengib, Niso viloyati, so’ng Astrobodni egallagan.!459-yilda Husayn Boyqaro huzuriga Abdurazzoq Samarqandiy elchi bo’lib kelgan. 1460-yilda vaziyat taqozosi bilan Husayn Boyqaro Astrobodni tashlab chiqishga majbur bo’lgan.Ammo 1461-yil shaharni qaytarib olgan.Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan.Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum bo’lgan. 1463-1464-yillarda Urganch, Xiva, Hazorasp, Tirsakni qo’lga kiritgan. Shu yerda kuch to’plab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said qo’shinlari Xivani egallay.Husayn Boyqaro uni qaytarib oladi. 1467-yilda yana Urganchni egallaydi. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro o’zi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron bo’lgan, qabr va uning ustiga o’rnatilgan „Sangi haft qalam" saqlanib qolgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹12
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali