Shosh haqida maʼlumot bering

Bilet №13, savol №1

Shosh haqida maʼlumot bering

Javob

Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12asrlar). Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10- asr tarixiy ma'dumotlariga ko'ra, B.ning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan bo'lib, ko'handiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi bo'lib, ulardan biri shahri stonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda o'rda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi bo'lgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo do'konlari joylashgan.
Ichki rabodning ayrim ma'lumotlarga ko'ra 8 ta, yana boshqa ma'lumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi bo'lib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza bo'lib, paxsa, guvala va xom g'ishtdan qurilgan uy - joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan sharkda shuxrat qozongan. Shahardan ko'plab suv tarmoklari o'tgan, ko'chalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bog' va tokzorlar ko'p bo'lgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: №13

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar