Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring
Bilet ¹14, savol ¹2
Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring
Chingizxon (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, O‘non daryosi yaqinidagi Delpun Boddan mavzei — 1227.25.8) — Mo‘gcullar davlati asoschisi, sarkarda. Mo‘g‘ul qabilalari ittifoqi — qiyotlar sardori Yasugay bahodiming O‘elun Fujin (xotun)dan tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandi.
13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon. 27 yil davomida bir qancha urug‘ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 yillarda Ch. keraitlar boshligT Vanxon To‘g‘ril (0‘nxon) bilan ittifoqda merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va hokazo qabilalarni bo‘ysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 yil O‘nxon bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozongan Ch. xonlik taxtini egallaydi. 1206 yil mo‘g‘ul aslzodalari, no4yonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulug‘xon ma’nosida) va barcha qabila, urug‘, elatlaming buyuk xoni deb e’lon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Ch. tomonidan e’lon qilingan qonunlar to‘plami — yaso (yasoq) muhim rol o‘ynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211 — 15), O‘rta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) o‘z tasarrufiga kiritadi. Mo‘g‘ullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 yil Ch. Mo‘g‘ullar davlatini 4 o‘g‘li — Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13- asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. og‘ir dard tufayli vafot etadi. Uni Mo‘g‘ulistondagi Burxon—Xaldun tog‘ etagida dafn etishadi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹14
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali