Amir Temurning dunyo tarixida tutgan oʻrni haqida mulohaza yuriting.

Bilet ¹15, savol ¹2

Amir Temurning dunyo tarixida tutgan oʻrni haqida mulohaza yuriting.

Javob

Amir Temur 1336-yil 9-aprelda qadimgi kesh viloyatidagi (hozirgi shahrisabz) yakkabog’ tumanida (Xo'ja ilg'or qishlog'ida) tug'uladi. Uning to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul. Onasi Takinaxotun. Shayx Shamsiddin kulol Temurbekning piri bo'lgan. Amir temur mohir chavandoz va jangchi bo'lgan. Amir Temurning asosiy maqsadi markazlashgan davlat tuzish edi. Bu maqsadga 1370-yil 11- aprelda erishadi ungacha eesa 1365-yil tarixda mashhur bo'lgan loy jangida Ilyosxo'ja ustidan g'alaba qozonadi. Amir Temur birin ketin hududlarni qo'lga kirita boshlaydi. Jumladan sharqiy Turkiston tomon bir necha mart a yurish qiladi. Mog'ullarga zarba berib Farg'ona, O’tror, Yassi va Sayramni bosib oladi. Hisor Badaxshon, Qunduzni ham egallaydi, 1381-yil Hi rot, Seiston, Mazondaronni egallaydi. Shundan so’ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlarini jangsiz egallaydi. Xorazmga 5 marta yurish qilib 1382-yilda egallaydi. Amir Temur tarixda 3 yillik [1386-1388] 5 yillik [1392-1396] va 7 yillik [1399-1404] yurishlarni amalga oshiradi. Bu yurishlar davomida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Suriya, Kavkaz kabi hududlami egallaydi. U 1402-yil Usmoniylar imperiyasi hukmdori Boyazid bilan Anqara jangida to'qnashadi va g'alaba qozonib, Yevropani Usmoniylardan asrab qolib, Yevropa haloskori nomiga sazovor bo'ladi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga bo'lgan yurishida halok bo' ladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹15

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar