Ismoil Somoniy haqida maʼlumot bering
Bilet ¹16, savol ¹2
Ismoil Somoniy haqida maʼlumot bering
Abu Ibrohim Ismail ibn Ahmad (Somoniy) - Buxoro amirligi hukmdori (892 - 907). Somoniylar sulolasidan bo’lgan. Ismoil Somoniy o’rta asrlaming qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U o’z Vatanida barqaror tinchlikni ta’minlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil opining kuchli qo’shinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo’laman, — deb aytgan ekan. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’ldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o’z qo’li ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni o’z davlatiga qo’shib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo’lgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. IsmoilSomoniy to 907-yil hukmdori qilib o’ldi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bo’lgan hukmdorlar - amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹16
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali