Kesh haqida maʼlumot bering
Bilet ¹17, savol ¹1
Kesh haqida maʼlumot bering
Kesh - tarixiy shahar va viloyat. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining shimoliy-sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh hozirgi Kitob o‘mida bo‘lgan, keyin 9—10-
asrlarda Shahrisabz hududiga ko‘chgan. Kesh nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7- asrga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sug‘d tilidagi nomi esa 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida hukmdorlik qilgan Kesh hokimi Axurpat tangalarida hamda 8- asr o‘rtalarida Keshni idora qilgan hokim Ixshidning dastlabki arabcha fale (tanga)larida ilk bor zikr etilgan. "Kesh" atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Boshqa bir fikrga ko‘ra (A.Muhamraadjonov), "Kesh" toponimining ma’nosi ilk bor— uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto "Kishvar" shaklida esa mamlakat va Vatan kabi ma’nolami anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (6-asr oxiri — 7-asr boshlari) Keshga asos solgan bo‘lib, o‘sha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Ya’qubiyning yozishicha, Kesh milodiy 7-asr o‘rtalarida yuksalib, Sug'dning bosh shahriga aylangan. Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvozaga ega edi. 6-asrda arkning g‘arbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solingan. 7-asr oxiri — 8- asming 1-yarmida Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751 yilda Kesh hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrug‘i bilan qatl qilingan bo‘lib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta o‘ljani qo‘lga kiritganlar. 775-776 yillarda Kesh viloyati Muqanna qo‘zg‘oloninmng asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Somoniylar davrida Kesh hududi eni va bo‘yiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) maydonini tashkil etgan. Bu vaqtda aholi Keshning ko‘handiz va madinasini tark etgan bo‘lib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Astasekin aholi rabodni ham tark etib, hozirgi Shahrisabz o‘mida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob o‘rnidagi Keshning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keyingi tarixi Shahrisabz bilan bog‘liq bo‘1ib, bu nom 14-asr da xalqongiga uzil-kesil o‘mashgan. Shunday bo‘lsada, shaharning qadimiy nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹17
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali