Mahmud Gʻaznaviy haqida maʼlumot bering.
Bilet ¹18, savol ¹2
Mahmud Gʻaznaviy haqida maʼlumot bering.
G’aznavilar davlati - Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda g’aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G’aznaviylar davlatiga Alpteginning g’ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G’azna shahri nomidan olingan. Mahmud G’aznaviy hukmronligi yillariga kelib 11-asr boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan G’aznaviylar davlatining chegaralari g’arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shim.-g’arbda Xorazm va Oral dengizigacha cho’zilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini o’z ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud G’aznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davla-tini (1017) ham o’z saltanati tarkibiga qo’shib olgan. Biroq Jan. Toxariston (hoziigi Shim. Afg’oniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun g’aznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari o’zaro to’qnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chag’oniyon va Termiz g’aznaviylarga bo’ysundirilgan. G’aznaviylar bilan koraxoniylar davlati o’rtasidagi chegara Amudaryo deb e’tirof qilingan. 1024— 25 yillarda Mahmud G’aznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib o’tib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sug’dga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha bo’lgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronli-gidan chiqib, g’aznaviylar ta’siriga o’tgan. Bu davrda G’aznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud G’aznaviyning o’g’li va valiahdi Mas’ud G’aznaviy hukmronligi davrida (1030—41) G’aznaviylar davlati o’z qo’l ostidagi hududlami birin-ketin qo’ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹18
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali