Otto fon Bismarkning Yevropa tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.
Bilet ¹25, savol ¹2
Otto fon Bismarkning Yevropa tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.
Otto Eduard Leopold Karl-Vilgelm-Ferdinand fon Bismark (nem. Otto Eduard Leopold von Bismarck; 1815-yil 1-aprel— 1898-yil 30-iyul) - «temir kansler» deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, German Imperiyasining birinchi kansleri. Prussiya qirolligida Bismark konservatorlar orasida yunkerlar namoyondasi sifatida obro’ qozongan, diplomat sifatida faoliyat yuritgan (1851-1862-yillar).1862-yilda Prussiya hukumatining bosh vaziri etib tayinlangan.Konstitutsion inqiroz vaqtida monarxiyani himoya qilib liberallarga qarshi chiqgan.Tashqi ishlar vaziri sifatida Olmon-Daniya urushidan so’ng Prussiyani Germaniyadagi yetakchi kuchga aylantirdi. U Reyxskansler va Pmssiya bosh vaziri sifatida 1890-yilgi iste’fosiga qadar Reyxning siyosatiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Bismark tashqi siyosatda kuchlar balansi prinsipiga amal qilgan.Ichki siyosatda uning boshqaruv davrini ikki fazaga bo’lsa bo’ladi.Boshida u o’ta liberallar bilan ittilbq tuzgan.Bu davrda ko’plab ichki reformatsiyalar ro’y berdi, masalan, Bismark tomonidan katolik cherkovining ta’sirini pasaytirish maqsadida Fuqarolik nikohining kiritilishi,1870-yillarning oxirlaridan boshlab Bismark liberallardan uzoqlashdi. Bu faza davomida u proteksionizm va iqtisodiyotga hukumatning aralashuvi siyosatidan foydalanadi. 1880-yillarda antisotsialistik qonun kuchga kirdi. O’sha vaqtdagi kayzer Vilgelm II bilan kelishmovchiliklar Bismarkning iste’fo berishiga sabab bo’ldi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹25
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali